Asosiy yo'lga chap tomondan ikkinchi darajali yo'l tutashishidan ogohlantiradi.
2.3.1–2.3.3 belgilari aholi punktlarida kesishmagacha 50–100 metr, aholi punktlaridan tashqarida esa 150–300 metr masofada o'rnatiladi.
Chapdan tutashayotgan yo'ldan chiqayotgan transport vositalari asosiy yo'ldagilarga yo'l beradi.
Chapga burilib ikkinchi darajali yo'lga kirishda qarama-qarshi yo'nalishdan kelayotgan transportga yo'l berish kerak.
Manba: O'zbekiston Respublikasi Yo'l harakati qoidalari, 1-ilova «Yo'l belgilari».