Test Ishlash

1275 savoldan 20 ta tasodifiy savol bilan o'zingizni sinab ko'ring. 25 daqiqa, 18/20 o'tish bali — YHQ imtihoniga tayyorgarlik.

▶ Testni boshlash
📝

1275 Savol

Keng savollar bazasidan tasodifiy tanlanadi

⏱️

25 Daqiqa

Haqiqiy imtihon vaqti formati

🎯

20 Savol

Har bir testda 20 ta savol

✅

Darhol Natija

Test yakunida batafsil tahlil

Qanday ishlaydi?

Tilni tanlang

O'zbek (lotin), O'zbek (kirill) yoki Rus tilida test ishlang

Testni boshlang

1275 savoldan 20 tasi tasodifiy tanlanadi

Javob bering

Har bir savolga to'g'ri javobni tanlang

Natijani ko'ring

Test yakunida to'g'ri va noto'g'ri javoblarni tahlil qiling

Imtihon haqida batafsil va savol-javoblar

Nazariy imtihon qanday o'tadi?

Haydovchilik guvohnomasi uchun nazariy imtihon kompyuterda test shaklida topshiriladi. Standart format: 20 ta savol, 25 daqiqa vaqt. O'tish uchun kamida 18 ta to'g'ri javob (90%) kerak, ya'ni ko'pi bilan 2 ta xatoga yo'l qo'yiladi.

AvtoSmart'dagi «20 savol» rejimi shu formatga mos: savollar bazadan tasodifiy tanlanadi, 25 daqiqalik taymer ishlaydi va natija 18/20 mezoni bo'yicha baholanadi.

Qaysi rejimni tanlash kerak?

20 savol

Imtihon formati. Tayyorgarlik oxirida, vaqt bilan sinab ko'rish uchun.

50 savol

Mavzularni mustahkamlash uchun o'rtacha uzunlikdagi mashq.

75 va 100 savol

Uzoq mashq: diqqat va chidamlilikni oshiradi.

Testga qanday tayyorlanish kerak?

  • Avval vaqtni o'lchamasdan, xotirjam ishlang va har bir xatoingizni tahlil qiling.
  • Keyin 20 savollik testni 25 daqiqada ishlab ko'ring va natijangizni yozib boring.
  • Yo'l belgilarini alohida o'rganing: buning uchun belgilar katalogidan foydalaning.
  • Natijangiz barqaror ravishda 18/20 va undan yuqori bo'lsa, imtihonga tayyor deb hisoblash mumkin.

Avto test haqida ko'p so'raladigan savollar

Avto test ishlash bepulmi?

Ha. Testni ro'yxatdan o'tmasdan boshlash mumkin. Bepul qismga test ishlash, 3 ta variant va 1009 ta savol kiradi. PRO obuna barcha 64 variant (1275 savol), mavzuli testlar, xatolar ustida ishlash, real imtihon, qiyin savollar va video darslikni ochadi.

Testda nechta savol bor va o'tish bali qancha?

Imtihon formatida 20 ta savol va 25 daqiqa beriladi. O'tish uchun kamida 18 ta to'g'ri javob (90%) kerak.

50, 75 va 100 savollik testlar nima uchun kerak?

Ular uzoq mashq uchun: ko'proq savol ishlab, bilimingizni sinaysiz. Rasmiy imtihon formati esa 20 savollik testga mos.

Savollar qaysi tillarda?

O'zbek (lotin), o'zbek (kirill) va rus tillarida. Tilni test boshlashdan oldin tanlaysiz.

Telefonda ishlaydimi?

Ha. Sayt telefon brauzerida ishlaydi. Android uchun Play Market'da «AvtoSmart» ilovasi, kompyuter uchun desktop ilova ham bor.

Natijalarim saqlanadimi?

Natijalaringiz va xato qilgan savollaringiz saqlanishi uchun hisob oching: shunda ularni keyinroq qayta ko'rib chiqa olasiz.

Bu rasmiy imtihonmi?

Yo'q. AvtoSmart — tayyorgarlik uchun mashq sayti. Rasmiy imtihon davlat tomonidan belgilangan tartibda topshiriladi.

Foydali sahifalar