Piyodalar o'tish joyini bildiradi; 5.16.2 belgisi yo'lning o'ng tomoniga, o'tish joyining old chegarasiga o'rnatiladi.
O'tish joyi oldida 1.14.1 yoki 1.14.2 «zebra» chizig'i bo'lmasa, 5.16.2 belgisi yo'lning o'ng tomoniga o'tish joyining old chegarasiga, 5.16.1 belgisi chap tomonga orqa chegarasiga o'rnatiladi — ikkalasi orasidagi masofa o'tish joyining kengligini bildiradi.
Tartibga solinmagan o'tish joyiga yaqinlashayotgan haydovchi qatnov qismiga chiqqan yoki chiqayotgan piyodalarga yo'l berishi shart.
O'tish joyi oldida to'xtagan yoki sekinlagan transport bo'lsa, qo'shni bo'lakdagi haydovchi ham to'xtashi yoki tezlikni pasaytirishi kerak.
Piyodalar o'tish joyida va undan 5 metr oldin to'xtash, o'tish joyida quvib o'tish va qayrilib olish taqiqlanadi.
7.15 «Ko'zi ojiz piyodalar» qo'shimcha belgisi bilan qo'llanishi mumkin.
Manba: O'zbekiston Respublikasi Yo'l harakati qoidalari, 1-ilova «Yo'l belgilari».
5.1Avtomagistral
5.2Avtomagistralning oxiri
5.3Avtomobillar uchun mo'ljallangan yo'l
5.4Avtomobillar uchun mo'ljallangan yo'lning oxiri
5.5Bir tomonlama harakatlanish yo'li
5.6Bir tomonlama harakatlanish yo'lining oxiri
5.7.1Bir tomonlama harakatlanish yo'liga chiqish
5.7.2Bir tomonlama harakatlanish yo'liga chiqish
5.8.1Bo'laklar bo'yicha harakatlanish yo'nalishi
5.8.2Bo'lak bo'yicha harakatlanish yo'nalishi