Yo'l yaqinida shifoxona (kasalxona) joylashgani haqida ma'lumot beradi.
Servis belgilari obyekt joylashuvi haqida ma'lumot beradi, talab yoki taqiq kiritmaydi. Obyektga burilish joyidan oldin o'rnatiladi; obyekt yo'ldan chetda bo'lsa, 7.1.3, 7.1.4 «Obyektgacha bo'lgan masofa» yoki 7.3.1–7.3.3 «Ta'sir yo'nalishlari» qo'shimcha belgilari bilan birga qo'yiladi.
Manba: O'zbekiston Respublikasi Yo'l harakati qoidalari, 1-ilova «Yo'l belgilari».