Oldinda teng ahamiyatli yo'llar kesishadigan chorraha borligidan ogohlantiradi — bunda kesishayotgan yo'llarning hech biri asosiy hisoblanmaydi.
Aholi punktlarida xavfli joydan 50–100 metr oldin, aholi punktlaridan tashqarida esa 150–300 metr oldin o'rnatiladi. Zarur hollarda boshqa masofada ham qo'yilishi mumkin — u holda masofa belgi ostidagi 7.1.1 «Obyektgacha bo'lgan masofa» qo'shimcha belgisida ko'rsatiladi. Xavfli qismning uzunligi 7.2.1 «Ta'sir oralig'i» belgisi bilan ko'rsatilishi mumkin.
Teng ahamiyatli yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart (YHQ 105-band).
Teng ahamiyatli yo'llar chorrahasida tramvay keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o'tish huquqiga ega.
Manba: O'zbekiston Respublikasi Yo'l harakati qoidalari, 1-ilova «Yo'l belgilari».
1.1Shlagbaumli temir yo'l kesishmasi
1.2Shlagbaumsiz temir yo'l kesishmasi
1.3.1Bir izli temir yo'l
1.3.2Ko'p izli temir yo'l
1.4.1Temir yo'l kesishmasining yaqinligi haqida ogohlantirish
1.5Tramvay yo'li bilan kesishuv
1.7Aylanma harakatlanish bilan kesishuv
1.8Svetofor tartibga soladi
1.9Ko'tarma ko'prik
1.10Sohilga chiqish