3.1 Kirish taqiqlangan

Yo'l belgisi · Taqiqlovchi belgilar

3.1 Kirish taqiqlangan yo'l belgisi
3.1 — Kirish taqiqlangan
Belgi haqida batafsil

Nimani bildiradi

Barcha transport vositalarining shu yo'nalishda kirishini taqiqlaydi.

Qayerga o'rnatiladi

Yo'lga yoki qatnov qismiga kirish taqiqlangan joyning bevosita oldida o'rnatiladi: bir tomonlama yo'lning oxiri, belgilangan yo'nalishli transport uchun ajratilgan bo'lak, kirish taqiqlangan hudud darvozasi.

Vaqtinchalik (ko'chma tirgakdagi) belgi sifatida sariq fonda o'rnatilishi mumkin; vaqtinchalik va doimiy belgilar bir-biriga zid kelsa, vaqtinchalik belgiga amal qilinadi.

Haydovchi nimaga e'tibor berishi kerak

3.1–3.3, 3.18.1, 3.18.2, 3.19 va 3.27 belgilari belgilangan yo'nalishli transport vositalariga (avtobus, trolleybus, tramvay) taalluqli emas.

Belgi faqat kirishni taqiqlaydi — belgidan oldin burilib ketish yoki orqaga qaytishga to'sqinlik qilmaydi.

Bir tomonlama yo'lning oxirida o'rnatilgan 3.1 belgisi ostidan kirish qarama-qarshi harakat hisoblanadi.

Manba: O'zbekiston Respublikasi Yo'l harakati qoidalari, 1-ilova «Yo'l belgilari».

Onlayn test topshirish

Shu guruhdagi boshqa belgilar