3.2 Harakatlanish taqiqlangan

Yo'l belgisi · Taqiqlovchi belgilar

3.2 Harakatlanish taqiqlangan yo'l belgisi
3.2 — Harakatlanish taqiqlangan
Belgi haqida batafsil

Nimani bildiradi

Barcha transport vositalarining ikkala yo'nalishda harakatlanishini taqiqlaydi.

Qayerga o'rnatiladi

Harakat taqiqlangan yo'l qismining boshlanishida o'rnatiladi (masalan, piyodalar zonasi, ta'mirlanayotgan ko'cha).

Vaqtinchalik (ko'chma tirgakdagi) belgi sifatida sariq fonda o'rnatilishi mumkin; vaqtinchalik va doimiy belgilar bir-biriga zid kelsa, vaqtinchalik belgiga amal qilinadi.

Haydovchi nimaga e'tibor berishi kerak

3.1–3.3, 3.18.1, 3.18.2, 3.19 va 3.27 belgilari belgilangan yo'nalishli transport vositalariga (avtobus, trolleybus, tramvay) taalluqli emas.

3.2–3.8 belgilari ularning ta'sir oralig'ida joylashgan korxonalarga xizmat ko'rsatuvchi, shu hududda yashovchi yoki ishlovchi fuqarolarga tegishli transport vositalariga taalluqli emas. Bunday hollarda belgilangan joyga eng yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketish kerak.

«Nogiron» tanish belgisi o'rnatilgan avtomobil, mototsikl, moped va skuterni boshqarayotgan nogironligi bor haydovchilar 3.2, 3.3 va 3.28 belgilari talabidan chetga chiqishlari mumkin.

Manba: O'zbekiston Respublikasi Yo'l harakati qoidalari, 1-ilova «Yo'l belgilari».

Bu belgi bo'yicha savollar (1)

Onlayn test topshirish

Shu guruhdagi boshqa belgilar