4.1.1 Harakatlanish to'g'riga

Yo'l belgisi · Buyuruvchi belgilar

4.1.1 Harakatlanish to'g'riga yo'l belgisi
4.1.1 — Harakatlanish to'g'riga
Belgi haqida batafsil

Nimani bildiradi

Faqat to'g'riga harakatlanishga ruxsat beradi; burilish va qayrilib olish taqiqlanadi.

Qayerga o'rnatiladi

Qatnov qismlari kesishmasining oldida o'rnatilsa, faqat shu kesishmaga amal qiladi. Yo'l qismining boshlanishida o'rnatilsa, ta'siri eng yaqin chorrahagacha davom etadi.

Haydovchi nimaga e'tibor berishi kerak

4.1.1–4.1.6 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o'rnatilgan bo'lsa, faqat shu kesishmaga amal qiladi. Belgilangan yo'nalishli transport vositalariga taalluqli emas.

Yo'l qismi boshida o'rnatilgan 4.1.1 belgisi o'ng tomondagi hovlilarga va yo'lga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

Manba: O'zbekiston Respublikasi Yo'l harakati qoidalari, 1-ilova «Yo'l belgilari».

Bu belgi bo'yicha savollar (3)

Onlayn test topshirish

Shu guruhdagi boshqa belgilar