4.1.3 Harakatlanish chapga

Yo'l belgisi · Buyuruvchi belgilar

4.1.3 Harakatlanish chapga yo'l belgisi
4.1.3 — Harakatlanish chapga
Belgi haqida batafsil

Nimani bildiradi

Faqat chapga harakatlanishga ruxsat beradi; qayrilib olish ham mumkin.

Qayerga o'rnatiladi

Qatnov qismlari kesishmasining bevosita oldida yoki ustida o'rnatiladi.

Haydovchi nimaga e'tibor berishi kerak

Faqat belgidagi ko'rsatkich yo'nalishida harakatlanishga ruxsat etiladi. Muayyan chorraha uchun ko'rsatkichlar shakli o'zgartirilgan belgi ham qo'llanishi mumkin.

Chapga burilishga ruxsat beruvchi belgi qayrilib olishga ham ruxsat beradi.

4.1.1–4.1.6 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o'rnatilgan bo'lsa, faqat shu kesishmaga amal qiladi. Belgilangan yo'nalishli transport vositalariga taalluqli emas.

Manba: O'zbekiston Respublikasi Yo'l harakati qoidalari, 1-ilova «Yo'l belgilari».

Onlayn test topshirish

Shu guruhdagi boshqa belgilar