1.13 Tik nishablik

Yo'l belgisi · Ogohlantiruvchi belgilar

1.13 Tik nishablik yo'l belgisi
1.13 — Tik nishablik
Belgi haqida batafsil

Nimani bildiradi

Oldinda tik nishablik — yo'lning keskin pastga tushadigan qismi borligidan ogohlantiradi. Belgida qiyalik foizda ko'rsatiladi.

Qayerga o'rnatiladi

Aholi punktlarida xavfli joydan 50–100 metr oldin, aholi punktlaridan tashqarida esa 150–300 metr oldin o'rnatiladi. Zarur hollarda boshqa masofada ham qo'yilishi mumkin — u holda masofa belgi ostidagi 7.1.1 «Obyektgacha bo'lgan masofa» qo'shimcha belgisida ko'rsatiladi. Xavfli qismning uzunligi 7.2.1 «Ta'sir oralig'i» belgisi bilan ko'rsatilishi mumkin.

Nishablik va balandlik ketma-ket kelsa, 1.13 va 1.14 belgilari bevosita nishablik yoki balandlik boshlanishi oldiga o'rnatilishi mumkin.

Haydovchi nimaga e'tibor berishi kerak

1.13 belgisi bilan belgilangan qismda uzatma yoki ilashish mexanizmi ajratilgan holda harakatlanish taqiqlanadi (YHQ 130-band).

1.13 va 1.14 belgilari bilan belgilangan qiyalikda qarama-qarshi harakatni qiyinlashtiradigan to'siq bo'lsa, nishablikka (pastga) harakatlanayotgan haydovchi balandlikka ko'tarilayotgan transport vositasiga yo'l berishi kerak (YHQ 128-band).

Manba: O'zbekiston Respublikasi Yo'l harakati qoidalari, 1-ilova «Yo'l belgilari».

Onlayn test topshirish

Shu guruhdagi boshqa belgilar