Oldinda tik balandlik — yo'lning keskin yuqoriga ko'tariladigan qismi borligidan ogohlantiradi. Belgida qiyalik foizda ko'rsatiladi.
Aholi punktlarida xavfli joydan 50–100 metr oldin, aholi punktlaridan tashqarida esa 150–300 metr oldin o'rnatiladi. Zarur hollarda boshqa masofada ham qo'yilishi mumkin — u holda masofa belgi ostidagi 7.1.1 «Obyektgacha bo'lgan masofa» qo'shimcha belgisida ko'rsatiladi. Xavfli qismning uzunligi 7.2.1 «Ta'sir oralig'i» belgisi bilan ko'rsatilishi mumkin.
Nishablik va balandlik ketma-ket kelsa, 1.13 va 1.14 belgilari bevosita nishablik yoki balandlik boshlanishi oldiga o'rnatilishi mumkin.
1.13 va 1.14 belgilari bilan belgilangan qiyalikda qarama-qarshi harakatni qiyinlashtiradigan to'siq bo'lsa, nishablikka (pastga) harakatlanayotgan haydovchi balandlikka ko'tarilayotgan transport vositasiga yo'l berishi kerak (YHQ 128-band).
Manba: O'zbekiston Respublikasi Yo'l harakati qoidalari, 1-ilova «Yo'l belgilari».
1.1Shlagbaumli temir yo'l kesishmasi
1.2Shlagbaumsiz temir yo'l kesishmasi
1.3.1Bir izli temir yo'l
1.3.2Ko'p izli temir yo'l
1.4.1Temir yo'l kesishmasining yaqinligi haqida ogohlantirish
1.5Tramvay yo'li bilan kesishuv
1.6Teng ahamiyatli yo'llar kesishuvi
1.7Aylanma harakatlanish bilan kesishuv
1.8Svetofor tartibga soladi
1.9Ko'tarma ko'prik