1.23 Ta'mirlash ishlari

Yo'l belgisi · Ogohlantiruvchi belgilar

1.23 Ta'mirlash ishlari yo'l belgisi
1.23 — Ta'mirlash ishlari
Belgi haqida batafsil

Nimani bildiradi

Yo'lda ta'mirlash ishlari olib borilayotgan joydan ogohlantiradi.

Qayerga o'rnatiladi

Aholi punktlarida xavfli joydan 50–100 metr oldin, aholi punktlaridan tashqarida esa 150–300 metr oldin o'rnatiladi. Zarur hollarda boshqa masofada ham qo'yilishi mumkin — u holda masofa belgi ostidagi 7.1.1 «Obyektgacha bo'lgan masofa» qo'shimcha belgisida ko'rsatiladi. Xavfli qismning uzunligi 7.2.1 «Ta'sir oralig'i» belgisi bilan ko'rsatilishi mumkin.

Aholi punktlaridan tashqarida bu belgi takroran o'rnatiladi: ikkinchi belgi xavfli qism boshlanishiga kamida 50 metr qolganda qo'yiladi.

Yo'lda qisqa muddatli ishlar bajarilayotganda 1.23 belgisi ish joyidan 10–15 metr oldin, 7.1.1 qo'shimcha belgisisiz o'rnatilishi mumkin.

Haydovchi nimaga e'tibor berishi kerak

Belgi ostidagi 7.12 «Xavfli yo'l yoqasi» qo'shimcha belgisi yo'l ishlari sababli yo'l yoqasiga chiqish xavfli ekanini bildiradi.

Ta'mirlanayotgan qismni aylanib o'tish yo'nalishi 1.31.1–1.31.3 «Burilishning yo'nalishi» belgilari bilan ko'rsatiladi.

Manba: O'zbekiston Respublikasi Yo'l harakati qoidalari, 1-ilova «Yo'l belgilari».

Onlayn test topshirish

Shu guruhdagi boshqa belgilar